
Mashg‘ulotlarda qatnashayotgan Azar nima sababdan qaydnomaga kiritilmadi? Zidan javob berdi
Chempionlar Ligasi chorak final uchrashuvlari qaytmoqda. Ertadan boshlab, bizni super to‘qnashuvlar qarshi oladi.
"Real"ning "Liverpul"ga qarshi qaydnomasi e’lon qilindi. Azar va Ramos...
Dastlabki kun bellashuvlarida turnir rekordchisi "Real" o‘z maydonida "Liverpul"ni qabul qiladi. Ushbu bahs oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida madridliklar ustozi Zinedin Zidan ishtirok etdi.
"Ertaga biz mavsumdagi eng muhim uchrashuvimizni o‘tkazamiz. Eden Azar to‘liq tiklanishga ulgurganicha yo‘q. Shuning uchun, u bilan tavakkal qilishni xohlamadik. Yurgen Klopp yuqori darajadagi murabbiy. Uning katta tajribasi bor. Klopp "Liverpul" boshqaruvida ancha katta natijalar ko‘rsatmoqda.
"Liverpul"ning qarshi hujumlaridan juda ehtiyot bo‘lishimiz kerak. Ularning hujum uchligi shunchaki dahshatli o‘yin namoyish etadi. Oldimizda 180 daqiqalik final bor. Menimcha, qo‘l ostimdagi jamoaga etarlicha baho berilmayapti. Shogirdlarimga ishonaman va ular nima taklif qila olishini bilaman.
Biz hamma sovrin uchun kurash olib bormoqdamiz. Qiyin lahzalarni boshdan kechirdik, endi yaxshi kunlar bizni kutyapti",-deya o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi frantsiyalik mutaxassis.
Fikrlar