Mashhur futbolchi “Bavariya”da ziddiyatga duch keldi

  • 18 yanvar, 2024, 12:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Matteys de Ligt ko‘p grandlar orzu qilgan himoyachi hisoblanadi. Niderlandiyalik futbolchi “Yuventus”dagi faoliyatidan keyin muhitni o‘zgartirish maqsadida “Bavariya” variantini tanlagan edi.

Tecno

Doimo himoya chizig‘ining yaqqol etakchisi sifatida to‘p tepishga ko‘nikib qolgan Matteys Myunxen klubida o‘ziga bu vakolat berilmasligini tushunib etdi.

Qolaversa, de Ligtning bosh murabbiy Tomas Tuxel bilan munosabatiga ham sovuqlik tushgan. Ular o‘rtasida ziddiyat borligi aytilmoqda.

Bundesliga chempioni “Barselona” himoyachisi Ronald Arauxoning transferi bo‘yicha ish boshlagani niderladiyalik o‘yinchini xavotirga solib qo‘ydi. Matteys de Ligt yozda jamoasini o‘zgartirishi kutilyapti. Uni qadrdon ustozi Erik ten Xag “Manchester Yunayted”ga chaqiryapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!