Mashhur futbolchining o‘g‘li debyut o‘yinida gol urdi

  • 30 oktabr, 2020, 21:06
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi Diyor Xolmatov asosiy jamoa uchun birinchi o‘yinidayoq raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

18 yosh 98 kunligida Muborakda "Mash’al"ga qarshi bellashuvda "sherlar"ning asosiy tarkibidagi debyutini o‘tkazgan yarim himoyachi maydonga tushganiga 8 daqiqa bo‘lganida, qanotdan Sidiqov oshirgan to‘pni juda chiroyli zarba bilan darvozaga yo‘lladi. Shu tariqa, kichik Xolmatovning debyuti muvaffaqiyatli chiqdi. Diyor o‘z vaqtida "Neftchi" va "Paxtakor"dagi ajoyib o‘yinlari bilan ishqibozlar mehrini qozongan Akmal Xolmatovning o‘g‘li.

2020 yil "Paxtakor" safida Superligada maydonga tushgan 23 o‘yinchidan 12 nafari klub akademiyasi tarbiyalanuvchilari hisoblanadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!