Mata APL tarixidagi eng zo‘r futbolchi nomini aytdi

  • 14 aprel, 2020, 16:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

«Manchester Yunayted» klubi yarim himoyachisi Xuan Mata kimni APL tarixidagi eng zo‘r futbolchi deb hisoblashini aytdi.

“Eden Azar. Menga u bilan va unga qarshi o‘ynash yoqardi. Men uchun Azar uzoq yillar Angliyaning eng zo‘r futbolchisi hisoblangan. Eden bir o‘zi o‘yinni hal qila oladi. Men u bilan birga shug‘ullanganman va uning naqadar ajoyib futbolchi ekanini bilaman. Jarohatlar sabab “Real”da uning ishlari yurishmayapti. Ammo, u optimal formasiga kira olsa,  o‘zining haqiqiy o‘yinini ko‘rsatadi”, - deydi Mata.

Azar 2012-2019 yillarda "Chelsi" safida to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!