Mata: Ertami, kechmi "Real"ning o‘rnini egallashimiz lozim

  • 8 avgust, 2017, 12:45
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Xuan Mata UEFA Superkubogi oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Real” – Chempionlar Ligasining amaldagi g‘olibi hisoblanadi. Biz esa Evropa Ligasida g‘alaba qozonganmiz. Albatta, “Real”da hammasi risoladagidek va hamma ham ushbu jamoani mag‘lub etishni istaydi. Raqibning kuchini tushunib turibmiz, ammo “MYu”da ham o‘ziga yarasha boy an’analar va ko‘plab sovrinlar mavjud. O‘tgan mavsumda biz ikkita sovrinni qo‘lga kiritdik. Hozirmi, keyinmi biz “Real”ning o‘tgan mavsumda qo‘lga kiritgan natijalarni takrorlaymiz, – deydi Mata UEFA rasmiy saytiga.

Bugun ham siz aziz muxlislarimizga kun davomida Skope shahridan eksklyuziv xabarlarni taqdim etishga harakat qilamiz. Bizni kuzatishda davom eting.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!