
Mate “Barselona”ning mashg‘ulotlariga qaytdi
“Barselona” klubi himoyachisi Jeremi Mate jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lib, safga qaytdi. U “Atletiko” bilan bo‘lgan o‘yinda safdan chiqqan edi. Ma’lum bo‘lishicha, yaqin vaqt ichida u maydonga tusha oladi.
Frantsiyalik futbolchi bu mavsum ko‘p jarohat olgani sababli “Barselona”ning barcha musobaqalaridagi 46 bahsidan 13 (11 tasida asosiy tarkibda) tasida jamoasiga yordam bergan.
Fikrlar