Matich: MYuni 8 ta final kutib turibdi
"Biz o‘tgan o‘yinlarda qaerda xato qilganimizni aniqlash uchun uchrashuvlarni tahlil qilib chiqishimiz kerak. Aminmanki, Sulsher vaziyatni o‘nglay oladi. Men Ulening qolishini istayman. U ajoyib murabbiy va juda pozitiv.
Terma jamoalarning o‘yinidan so‘ng nima bo‘lishini ko‘ramiz. FIFA kunlaridan keyingi dastlabki o‘yin hech qachon oson o‘tmagan. Ayniqsa, MYu singari ko‘p futbolchilari termaga ketadigan klublar uchun juda og‘ir.
APLda kuchli to‘rtlikka kirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishimiz kerak. Ikki oy oldin "Chelsi"dan 11 ochko ortda qolayotgan edik. Hozirda esa vaziyat yaxshilandi. Biz sakkizta finalda o‘ynashimizga to‘g‘ri keladi", - dedi serbiyalik futbolchi.



Fikrlar