Mauritsio Sarri "Yuve"ning eng kuchli hujumkor yarim himoyachisi kim ekanligini aytib o‘tdi

  • 25 sentabr, 2019, 17:23
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" bosh murabbiyi Mauritsio Sarri A Seriya doirasida "Breshiya"ga qarshi bahs natijalari (2:1) bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi.

Tecno

- Biz ajoyib darajada o‘yinni nazorat qildik, biroq himoya chizig‘ida yaxshiroq harakat qilishimiz darkor. Shu qatori, biz xavfli hujumlar tashkil etish borasida ham rivojlandik, ammo o‘tkazib yuborgan golimizdan so‘ng oson bo‘lmadi.

(4-3-3 va 4-3-1-2 sxemasi haqida) Jamoamiz har hil taktikalarda harakat qilishni bilishi darkor. Bizning muammomiz qanot himoyachilar bilan bog‘liq. "Yuventus" kuchli, hujumkor yarim himoyachilardan foydalanishi kerak.

Xozirda, bunday yarim himoyachi rolida Remzi to‘p tepa oladi, Rabo va Dibala ham bu borada yaxshi harakat qilishadi, - deya Sarrining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Football Italia nashri.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!