Mavlud Tifievdan super jang! U raqibini muddatidan avval mag‘lub etdi (Video)

CHERY AUTO

Xabar berib o‘tganimizdek, bugun Rossiyaning Ekaterinburg shahrida RCC hamda “Fair Fight” promoushenlarining hamkorligidagi professional kikboksing bo‘yicha turnir bo‘lib o‘tdi. Unda ringga ko‘tarilgan -70 kg vazn toifasidagi vakilimiz Mavlud Tifiev rossiyalik Salimxon Ibragimovga qarshi jang qildi.

Tecno

Quvonarlisi, yurtdoshimiz birinchi raundning o‘zidayoq raqibini uch bora nokdaunga uchratib, muddatidan avval g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Tifiev bundan avvalgi jangida ham ushbu promoushen turnirida jang qilgandi va raqibiga nisbatan ustunlik qilgan bo‘lsa-da, tushunarsiz ravishda g‘alabani raqibi Krill Xomutovga tortiq qilgandilar.

Aynan bugungi super jangdan so‘ng, yurtdoshimiz Krill Xomutov bilan revansh istagini o‘tkazishni ma’lum qildi va uni jangga chorladi.

Shu o‘rinda hamyurtimizni ajoyib g‘alaba bilan tabriklaymiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!