
Maxachev:"U sayyoradagi eng xavfli jangchi"
Amaldagi UFC chempioni, rossiyalik Islom Maxachev ONE FC promousheni tarixida birinchi marta uchta vazn toifasida chempionlikni qo‘lga kiritgan hamyurti Anatoliy Malixin haqida gapirdi.
"Sayyoramizdagi eng xavfli jangchi - Anotoliy Malixin", deb yozdi Maxachev ijtimoiy tarmoqlarda.
Eslatib o‘tamiz, Qatarda bo‘lib o‘tgan "ONE 166" turnirida Malixin gollandiyalik Raynir de Ridderni revansh jangida texnik nokaut evaziga mag‘lub etgandi.
Fikrlar