Maydonda to‘liq harakat qilgan Husanovning o‘yini qanday baholandi?
Angliya Premier-ligasi 21-turidan o‘rin olgan "Manchester Siti" - "Brayton" uchrashuvi 1:1 hisobida o‘z nihoyasiga yetdi. Uchrashuvdagi gollarga Erling Holand (41' penalti) va Kauri Mitoma (60') mualliflik qilishdi. Ushbu bahsda "shaharliklar" sharafini himoya qilayotgan legionerimiz Abduqodir Husanov to‘liq maydonda harakat qildi.
Milliy terma jamoamiz a’zosining "Brayton"ga qarshi uchrashuvda nufuzli analitik dasturlar tomonidan qo‘yilgan ballari bilan tanishing.
"Sofascore" - 7.1 ball, "Flashscore" - 7.3 ball, "Whoscored" - 7.1 ball va "FotMob" dasturi Husanovning o‘yini 7.8 ballga loyiq ko‘rdi.
APLning 22-turidan "Manchester Siti" "Old Trafford"da "Manchester Yunayted" mehmoni bo‘ladi.

Fikrlar