Mayk Tayson 18 million dollarni nazariga ilmadi
O‘tgan vaqt mobaynida unga turli yo‘nalishlarda jang qilish uchun ko‘plab takliflar berildi. Ana shunday takliflardan biri, qo‘lqopsiz janglarni tashkil etuvchi BKFC'idan tushdi. Unga ko‘ra, Tayson UFC va Bellator'ning sobiq jangchisi Vanderley Silva bilan qo‘lqopsiz jang qilishi, buning evaziga 18 million dollarni qo‘lga kirishi kerak edi. Biroq amerikalik bokschi mazkur taklifni qabul qilmagan.
Afsonaviy bokschi Mayk Tayson o‘n besh yillik tanaffusdan so‘ng yana ringga qaytishini ma’lum qilganiga qariyb bir oy vaqt o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, Tayson faoliyatidagi so‘nggi jangini 2005 yilda o‘tkazgan. U hozirda boks bo‘yicha o‘tadigan janglarga tayyorlanmoqda.

Fikrlar