Mayk Tayson Briedis va Glovatski jangidagi mojaroga o‘z munosabatini bildirdi

  • 11 noyabr, 2019, 18:28
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Og‘ir vaznda sobiq jahon chempioni Mayk Tayson, Mayris Briedis va Kshishtof Glovatski o‘rtasidagi jang paytida yuz bergan voqeani izohladi.

Tecno

“Men ushbu jangni ko‘rdim. Glovatski Briedisni boshining orqa qismiga urdi. U ham javob tariqasida tirsak bilan yuziga urdi. Men ham shunday qilgan bo‘lardim. Ikkalasi ham qoidalarni buzishdi. Glovatski bunday zarba bermasligi kerak edi”, - dedi Mayk jurnalistning latviyalik bokschining zarbasi haqidagi savoliga.

Eslatib o‘tamiz: Briedis Riga shahrida bo‘lib o‘tgan Butunjahon boks super seriyasining (WBSS) yarim final jangida Glovatskini nokautga uchratgan edi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!