Mayk Tayson oktagonda sparring jang o‘tkazdi (Video)
Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Mayk Tayson oktagonda mashg‘ulot o‘tkazdi.
54 yoshli amerikalikning sparring-sherigi professional bokschi Mayk Rassel bo‘ldi. Videoni “Kings MMA” sport zalining murabbiyi Rafael Kordeyro o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga joylashtirdi.
Avvalroq, “Temir Mayk” joriy yil yana jang o‘tkazishini ma’lum qilgan edi. Kim biladi, ehtimol u MMA yo‘nalishida ham o‘zini sinab ko‘rar... Har qanday holatda ham uning janglarini muxlislar sevib tomosha qiladi.
Quyida, uning ushbu sparring jangidan videolavhani tomosha qilishingiz mumkin.
“Bellator” chempionining UFCdagi debyut sanasi ma’lum bo‘ldi
Andijon shahrida mashhur MMA vakillarimiz o‘z janglarini o‘tkazadi

Fikrlar