"Maynts" sudda o‘zining sobiq futbolchisiga yutqazdi

  • 25 avgust, 2024, 17:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Anvar El-Gazi "Maynts"dan sudda yutib olgan pulini G‘azo sektoridagi bolalarga xayriya qiladi.

Tecno

 

Gap shundaki, 2023 yil 7 oktabrda Falastin-Isroil mojarosi avj olganidan keyin Anvar ijtimoiy tarmoqlarda shunday yozgan edi: "Bu mojaro yoki urush emas. Bu genotsid va ommaviy qirg‘in. Biz buni jonli ko‘rib turibmiz". U o‘sha xabarini Falastinning ozod etilishi haqidagi shior bilan yakunladi. Biroq, keyinchalik postni o‘chirib tashladi. Ammo baribir "Maynts" futbolchini mashg‘ulot va o‘yinlardan noma’lum muddatga chetlatdi.

 

O‘tgan yilning noyabr oyida nemis klubi niderlandiyalik yarim himoyachi bilan shartnomani bekor qilgandi. Futbolchi "Maynts" ustidan da’vo arizasi kiritib, sudga murojaat qildi va yakunda g‘alaba qozondi. Nemis klubi qaror bilan futbolchiga 1,7 million evro to‘lashga majbur bo‘ldi.

"Bugun "Maynts"dan katta miqdorda pul olganimdan so‘ng, shuni aytmoqchimanki, sud jarayonimning asosi pul emas edi. Ikkita narsa uchun klubga rahmat aytmoqchiman. Birinchidan, katta moliyaviy kompensatsiya uchun. Bu pulning 500 ming evro miqdoridagi mablag‘i G‘azodagi bolalarning kelajagi moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

Birinchidan, "Maynts" to‘lovdan qochish uchun bir necha marta muvaffaqiyatsiz urinishlarni amalga oshirdi. Ikkinchidan, ular meni jim qilmoqchi bo‘ldi. Biroq, bu xolat meni G‘azodagi mazlumlarni himoya qilish uchun yanada balandroq so‘zlashimga turtki bo‘ldi”, — deb yozadi futbolchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!