Mbappe: "Ajoyib orzuga biroz yaqinlashdik"
Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Angliya ustidan qozonilgan g‘alabaga izoh berib o‘tdi.
Frantsiya JCh-2022 chorak final bosqichida Angliyani 2:1 hisobida taslim etdi. Frantsuzlar yarim finalda Marokash termasiga qarshi bahs olib boradi."
"Ajoyib orzuga biroz yaqinlashdik", - deya yozib qoldirdi Kilian tvitterdagi sahifasida.
Ma’lumot uchun, Mbappe 5 ta gol bilan Qatardagi mundial to‘rurari bo‘lib turibdi.
Fikrlar