
Mbappe "Atalanta"ga qarshi o‘yin qaydnomasidan joy oldi
PSJ murabbiylar shtabi Frantsiya kubogi finalida to‘pig‘ini qayrib olgan va ayni damda ushbu jarohatidan tiklanayotgan hujumchi Kilian Mbappeni "Atalanta"ga qarshi o‘ynay olishiga ishonmoqda.
Chunki, parijliklar ustozi Tomas Tuxel 21 yoshli to‘purarni bergamoliklar bilan bo‘ladigan o‘yin qaydnomasiga kiritdi. Chempionlar ligasi 1/4 finalidan o‘rin olgan bu o‘yin 12 avgust kuni Lissabonda bo‘ladi.
Qayd etish lozimki, UEFA Chempionlar ligasini chorak final bosqichidan boshlab markazlashgan holda Portugaliyada o‘tkazadi. Uchrashuvlar esa bitta o‘yindan iborat bo‘ladi.
Fikrlar