Mbappe "Atalanta"ga qarshi uchrashuvda maydonga tushadimi? PSJ rasmiy sayti javob berdi

  • 11 avgust, 2020, 23:49
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ klubi rasmiy sayti Mbappening tibbiy tekshiruv natijalari salbiy natija berganini ma’lum qilmoqda. Kecha futbolchi to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Shifokorlarning xulosalariga ko‘ra, 21 yoshli forvardning jarohati "Atalanta"ga qarshi UEFA Chempionlar Ligasi chorak final uchrashuvida maydonga tushishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Tecno

"Frantsiya kubogi finalidan so‘ng ma’lum qilganimizdek, dushanba kuni Killian tibbiy tekshiruvdan o‘tdi. Natijalar to‘pig‘ining tashqi tomoni jiddiy shikastlanganini ko‘rsatmoqda. Tiklanish uchun futbolchiga 3 hafta kerak bo‘ladi", - deb yoziladi klub rasmiy veb-saytida.

Bundan kelib chiqadiki, parijliklar EChLdagi ishtirokini davom ettirgan taqdirda ham Mbappe ularga yordam bera olmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!