Mbappe baribir boshqa chempionatga o‘tadi

  • 11 dekabr, 2022, 12:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

La Liga prezidenti Xaver Tebas PSJ hujumchisi Kilian Mbappe vaqti kelib, Ispaniya chempionatiga ko‘chib o‘tishini ta’kidlamoqda.

- Ertami, kechmi Kilian Mbappe baribir La Ligada o‘ynaydi. Lek in bu voqea joriy mavsumdami yoki keyingasidami, qachon yuz berishini bilmayman, - dedi Xaver Tebas.

Xaver Tebas PSJ xo‘jayini Nasser Al-Xelaifiy ustidan UEFAga shikoyat arizasi bergandi. Bu mutaxassis Parij klubi xo‘jayini Kilian Mbappe bilan yangi shartnoma tuzib, moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzganini ta’kidlagan.

UEFA mutasaddilari uning shikoyatini qabul qilmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!