Mbappe "Benfika"ga qarshi oʻyinda maydonga tushishi mumkin
"Real Madrid" hujumchisi Kilian Mbappe "Benfika"ga qarshi uchrashuvda ishtirok etishi mumkin.
Fransiyalik futbolchi shanba kuni La Liga doirasidagi "Real Sosyedad"ga qarshi bahsda (4:1) maydonga tushmadi. Avvalroq Mbappe dekabr oyi oxirida olgan jarohati sababli tizzasida noqulaylik sezyotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
"Marca" ma'lumotiga ko‘ra, bugungi mashg‘ulotda Mbappe umumiy guruh bilan shug‘ullandi. "Real Sosyedad"ga qarshi o‘yinda qatnashgan futbolchilar tiklanish mashg‘ulotini o‘tkazishdi va ularning hech biri kechagi bahsda jarohat olmagan.
Shuningdek, xabar qilinishicha, Chempionlar ligasi doirasida "Benfika"ga qarshi seshanba kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda Jud Bellingem, Eder Militao hamda Rodrigo aniq ishtirok etmaydi. Ular jarohatidan tiklanishni davom ettirmoqda.
Fikrlar