Mbappe “Chelsi”ga o‘tish shartini aytdi. U bir odamning haydalishini kutyapti!

  • 20 fevral, 2023, 19:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kilian Mbappe PSJda uzoq qolmaydigan ko‘rinadi. 24 yoshli hujumchini qo‘lga kiritishga “Real” va “Chelsi” da’vogarlik qilmoqda.

Tecno

Madridliklar qimmatbaho o‘yinchini 2024 yilning yozida transfer qilmoqchi. “Chelsi” xo‘jayini Todd Byoli esa, hozirning o‘zida katta xarajatga tayyor.

Kilian Mbappe xaridorlarga dois bir xil talab qo‘yadi. Unga ko‘ra, hujumchiga xaridor tomon katta maosh, tarkibni muntazam sovrinlar uchun kurashadigan darajaga olib kelish uchun transferlarni kafolatlashni so‘raydi.

Mbappening “Chelsi”ga qo‘shimcha talabi bor. Yosh hujumchiga bosh murabbiy Grem Potter qo‘llayotgan o‘yin sxemasi umuman yoqmaydi. Todd Byoli frantsiyalik yulduzga ega bo‘lishni istasa, jamoasining bosh murabbiyini almashtirishi kerak.

O‘z navbatda, “Chelsi” xo‘jayinlari ham shuni mo‘ljallamoqda. Hozir klub mutasaddilari munosib nomzodlarni o‘rganib chiqyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!