Mbappe endi futbol o‘ynamaydi

  • 10.08.2023 16:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ rahbariyati va Kilian Mbappe o‘rtasidagi ziddiyatning oqibati 24 yoshli hujumchi uchun og‘ir bo‘lishi kutilyapti.

Klub mutasaddilari qaroriga ko‘ra, Mbappe Liga1 doirasida “Loryan”ga qarshi o‘tkaziladigan birinchi tur uchrashuvida qatnashmaydi. Parijliklarning uy arenasi “Park de Prens” mezbonlik qiladigan bu bahs 12 avgustga belgilangan.

PSJ xo‘jayinlari jazo tariqasida Mbappeni avgust oyining qolgan uchrashuvlariga ham jalb qilmoqchi emas. Jamoa “Tulza” va “Lans” bilan ham o‘ynashi kerak.

ESPN nashrining ma’lum qilishicha, PSJ rahbariyati agar o‘yinchi klub bilan shartnomani 2025 yilning yarmigacha uzaytirmasa yoki boshqa jamoaga sotib yuborishlariga qarshilik qilsa, kelasi mavsum davomida umuman o‘ynatmoqchi emas.

Mbappening o‘zi qaysarlik qilib, klub bilan kelishuvni uzaytirmayapti va boshqa klubga o‘tishdan ham bosh tortmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шухрат Хусаинов
10/08/2023 18:38
Боплади ПСЖ камрок кутингни егдан бу екка ташламайсан