
Mbappe eng zo‘r uch futbolchi nomini aytdi
PSJ va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe o‘tgan mavsumning eng zo‘r uch nafar o‘yinchisi nomini aytdi.
- O‘tgan mavsumda eng zo‘r o‘ynagan uch futbolchi men, Benzema va Mane, - dedi Kilian Mbappe France Football nashriga.
Mbappe o‘tgan mavsumda 39 ta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi va PSJning mamlakat chempioni bo‘lishiga hissa qo‘shdi.
Benzema esa La Liga va Chempionlar ligasida g‘olib chiqib, har ikki turnir to‘purari bo‘ldi. Sadio Mane Senegal terma jamoasini Afrika chempioniga aylantirdi.
Fikrlar