Mbappe Frantsiyaning eng “bag‘rikeng” o‘yinchisiga aylandi

  • 06.06.2025 14:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

UEFA Millatlar ligasi yarim finalidan o‘rin olgan Ispaniya va Frantsiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda muxlislar to‘qqizta golga guvoh bo‘ldi.

Bu uchrashuvda 5:4 hisobida ispanlarning qo‘li baland keldi va ular finalga chiqdi. Frantsiyaliklar esa, Germaniya terma jamoasi bilan uchinchi o‘rin uchun kurashadi.

Bellashuvda Kilian Mbappe tarixiy natija qayd etdi. Jamoadoshi Rayan Sherkiga golli pas uzatgan Mbappe Frantsiya terma jamoasi tarixida eng ko‘p assist qayd etgan o‘yinchiga aylandi.

Sherkining golidan keyin Kilianning xalqaro miqyosdagi uchrashuvlardagi golli paslari soni 31 taga etdi. Mbappe bu ko‘rsatkich bo‘yicha mashhur hujumchi Antuan Grizmanni bitta assistga ortda qoldirib ketdi.

26 yoshli Mbappe hali milliy jamoada uzoq muddat faoliyat yuritish imkoniyatiga ega ekanini inobatga olsak, hali bu ko‘rsatkichlar ko‘p bora yangilanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!