
Mbappe hammani hayron qoldirishda davom etmoqda
Xabaringiz bor kecha UEFA Chempionlar ligasi chorak final javob bahslari bo‘lib o‘tdi. Shu kuni o‘z maydonida Dortmundning “Borussiya” klubini qabul qilgan “Monako” yakunda 3:1 hisobida raqibini mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu kuni mezbonlarning 18 yoshli a’zosi Kilian Mbappe uchrashuvning dastlabki daqiqalaridayoq dortmundliklar darvozasini ishg‘ol etdi. Ta’kidlash kerakki Mbappe asosiy tarkibda tushgan so‘nggi 4ta uchrashuvning barchasida gol urishga erishgan birinchi futbolchi bo‘lib EChL tarixiga kirdi.
Eslatib o‘tamiz, frantsiyalik vunderkind Dortmundagi dastlabki bahsda ham gol kiritgan. Undan avvalroq esa nimchorak finalda “Manchester Siti”ga qarshi har ikkala o‘yinda gol urishga erishgan edi.
"Monako" o‘z maydonida "Borussiya D"ni ishonchli tarzda engdi va yarim finalga yo‘l oldi
Fikrlar