Mbappe ishdan ketgan Alonsoga murojaat qildi
Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe jamoaning endilikdagi sobiq bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoadan ketganidan keyin unga murojaat qildi.
- Bu davr qisqa bo‘ldi, ammo sizning qo‘l ostingizda o‘ynash va sizdan o‘rganish imkoniyati men uchun katta baxt edi.
Ilk kundanoq bildirgan ishonchingiz uchun rahmat. Sizni aniq g‘oyalarga ega va futbolni chuqur tushunadigan murabbiy sifatida yodda saqlayman.
Faoliyatingizni keyingi bosqichida ulkan omadlar tilayman, - dedi Mbappe.
“Real”ga yozda bosh murabbiy etib tayinlangan ispaniyalik mutaxassis 12 yanvar kuni vazifasidan ozod etildi.
Fikrlar