Mbappe jahonning eng qimmat futbolchisi! Ronaldu va Messi nechanchi o‘rinda?
PSJ hujumchisi Killian Mbappe "KPMG Football Benchmark" interfaol platformasi bo‘yicha jahonning eng qimmat futbolchi deb topildi. KPMG futbol biznesini tahlil qilish bilan shug‘ullanadi.
Ushbu platforma, Opta tomonidan taqdim etilgan so‘nggi sport statistikalari asosida 12 ta ligadagi 5000 dan ortiq futbolchilarning narxlarini hisoblab chiqdi.
Ushbu hisob-kitobdan, Argentina, Belgiya, Braziliya, Angliya, Frantsiya, Germaniya, Italiya, Gollandiya, Portugaliya, Ispaniya, Turkiyaning yuqori ligalari va shu qatorda angliyaning Chempionship ligasi joy oldi.
Reytingning top-10 latigidan joy olgan va shu qatorda, narxi 100 mln evrodan yuqori bo‘lgan yana 5 ta futbolchining nomlari e’lon qilindi.
"Oltin to‘p" sovrining 5 karra sohibi Krishtianu Ronaldu top-15 talikka kiritilmadi.
1. Kilian Mbappe (PSJ) – 225 mln evro
2. Neymar (PSJ) – 185
3. Lionel Messi ("Barselona") – 180
4. Eden Azar ("Real") – 152
5. Raxim Sterling ("Manchester Siti") – 150
6. Muhammad Saloh ("Liverpul") – 150
7. Xarri Keyn ("Tottenxem") – 140
8. Sado Mane ("Liverpul") – 130
9. Kevin de Bryuyne ("Manchester Siti") – 130
10. Antuan Grizmann ("Barselona") – 125
Top-15 talikdan Jeydon Sancho (116), Pol Pogba (115), Virjil van Deyk (114), Frenki de Yong (106) va Markus Reshford (100) joy egallashgan.



Fikrlar