
Mbappe ketadi. PSJ uni arzonroqqa sotishga rozi bo‘ldi
Jahon transfer bozori kelayotgan yozda "portlashi" kutilmoqda. Bir necha yulduzlar o‘z jamoalarini almashtirishga yaqin turibdi. Ulardan biri Kilian Mbappe ham Parijni tark etishi mumkin.
"Le Parisien" nashrining xabar berishicha, Parij klubi rahbariyati frantsiyalik futbolchi bilan hali shartnoma borasida kelishuvga erishmagan. Mbappe sport direktori Leonardoning taklifini rad etmoqda va jamoada qolishga rozi emas.
PSJ bunday vaziyatda tavakkal qilishni ma’qul ko‘rmayapti va 22 yoshli vingerni yaxshiroq mablag‘ evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Uning narxi 120-150 mln evro oralig‘ida bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Aslida, Mbappening transfer summasi 180 mln etib belgilangan. Biroq uning amaldagi shartnomasi keyingi yil o‘z yakuniga etadi va agar ungacha futbolchi boshqa klub bilan kelishuvga erishmasa, Parijni erkin agent sifatida tark etadi.
Kilian parijliklar safida 2017 yildan beri to‘p tepib keladi. Bu vaqt oralig‘ida u jami 160 o‘yinda ishtirok etib, 120 ta gol va 59 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar