Mbappe ketaversin! PSJ uning o‘rniga zo‘r hujumchi topdi

  • 12.04.2022 11:50
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Pari Sen-Jermen" yulduzi Kilian Mbappe faoliyatini boshqa klubda davom ettirmoqchi.

Jamoa uni ancha paytgacha o‘z tarkibida saqlab qolmoqchi edi. Ammo endi ularning fikri o‘zgargan. Britaniya OAV xabariga ko‘ra, parijliklar uning o‘rnini "Benfika" hujumchisi Darvin Nunes bilan to‘ldirmoqchi.

Urugvaylik futbolchi Portugaliya chempionati va EChLda bu mavsum ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda. U "burgutlar" libosida 36 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 31 gol va 3 assist yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

Avvalroq, Nunesga APL grandlari "Manchester Yunayted" hamda "Chelsi" ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!