Mbappe Krishtianu Ronalduning rekordiga yaqinlashdi
"Real" hujumchisi Kilian Mbappe Chempionlar ligasi chorak finalida "Bavariya"ga qarshi bahsda (1:2) gol urdi va mavsumdagi gollar sonini 14 ga yetkazdi. Shu bilan u mavsumning eng yaxshi toʻpurari hisoblanadi, 10 uchrashuvda 14 ta gol urdi.
Bir mavsumdagi eng koʻp gol rekordi Krishtianu Ronalduga tegishli boʻlib, u 2013/14 mavsumida "Real" safida 17 ta gol urgan. Portugaliyalik futbolchining keyingi rekordlari: 2015/16 mavsumida 16 ta, 2017/18 mavsumida 15 ta gol.
Shuningdek, Robert Levandovski ("Bavariya", 2019/20) va Karim Benzema ("Real", 2021/22) ham bir mavsumda 15 ta gol urgan futbolchilar qatorida.
Fikrlar