Mbappe: Lass amakidan minnatdorman

Kilian Mbappe PSJ sobiq futbolchisi Lassana Diarraning klub va uning shaxsiyatiga bo‘lgan ta’siri haqida gapirib berdi.

"Lassana o‘z uyini juda erta tark etgan va ko‘plab klublarda to‘p surgan. Shuning uchun u bizga aka maqomidagi inson edi. Uni Lass amaki, deb atardik. Diarra bizga faoliyati, qilgan xatolari haqida ko‘p gapirib berar edi. Uning aytgan so‘zlari qiyin vaqtlarda bizga ko‘makchi bo‘ldi.

Lass shunchaki o‘z o‘tmishi haqida gapirmadi, balki yosh iqtidor egalari uchun motivatsiya berdi, klub kiyinish xonasida ham uning hurmati baland edi. Men va Presnel Kimpembe u bilan ko‘p vaqtni birga o‘tkazdik", - deydi Mbappe.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!