Asosiy mazmunga oʻtish

Mbappe Messidan o‘tib ketdi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Mbappe ilk yetti klassik uchrashuvida 8 ta gol urib, «Barselona»ga qarshi tarixda Messidan ham samaradorroq bo‘ldi.

«Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe La Liganing 10-turida «Barselona»ga qarshi o‘yinda jamoasi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi. Katta qiziqish bilan kutilgan to‘qnashuv 2:1 hisob bilan madridliklar foydasiga yakunlandi, Mbappe esa ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Shu tariqa fransuz yulduzi o‘zining ilk yettita klassik uchrashuvida jami 8 ta gol urishga erishdi. XXI asrda bu ko‘rsatkich bo‘yicha unga teng keladigan futbolchi yo‘q.

Statistikaga ko‘ra, Mbappe bu borada «Barselona»ning sobiq afsonaviy hujumchisi Lionel Messidan ham o‘tib ketdi. Messi «Real Madrid» darvozasiga dastlabki yettita klassikda 6 ta gol urgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q