Mbappe murabbiylardan biri bilan urishib qolgani ma'lum bo'ldi

  • 07.05.2026 07:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real”ning eng mashhur yulduzi Kilian Mbappe murakkab davrlarni boshdan o‘tkazmoqda. The Athletic Mbappening “Real” murabbiylar shtabi a’zosi bilan mojarosi tafsilotlarini ochiqlandi.

“Real” 24 aprel kuni safarda “Betis” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Ushbu uchrashuv oldidan o‘tkazilgan mashg‘ulotda Kilian Mbappe murabbiylar shtabi vakili bilan urishib qolgan.

The Athletic nashri ma’lumotiga ko‘ra, fransuz hujumchisi mashg‘ulot jarayonidagi o‘yinda unga ofsayd qayd etgan xodimga nisbatan “ghazab bilan va haqoratli tarzda” e’tiroz bildirgan.

Joriy mavsumda Mbappe barcha musobaqalarda 41 ta o‘yinda ishtirok etib, 41 ta gol va oltita golli uzatma bilan ajralib turdi. O‘yinchining klub bilan amal qilayotgan shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 200 million yevroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!