Mbappe o‘zi o‘tishi mumkin bo‘lgan APL klubini aytdi: «Onam u yerda o‘ynashimni istagan edi»
«Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe Angliya premer-ligasida qaysi jamoaga o‘tishi mumkin bo‘lgani haqida gapirib berdi.
«Onam uchun eng yoqimli variant – «Liverpul» edi. U mening o‘sha yerda o‘ynashimni istardi. Bu kulgili hikoya, lekin rost. «Monako»da o‘ynagan paytimda men qaror qabul qilishim kerak edi. «Liverpul»ga o‘tishga juda yaqin kelganman, chunki onam Yurgen Klopp boshqaruvidagi «Liverpul»ning katta muxlisi edi. Yurgen – ajoyib murabbiy. U bilan uchrashganman, oramizda juda yaxshi munosabat bor, uni juda hurmat qilaman.
Esimda, samolyotda aylanib yurardik, u menga o‘z loyihasi haqida gapirib berardi, men esa: «Sizga meni ishontirishning hojati yo‘q, siz – Yurgen Klopp, «Liverpul» esa – buyuk klub», derdim», – deya eslaydi futbolchi.
«Oxirida men onamni emas, o‘zimni tingladim. Parijga qaytishni, Fransiyada o‘ynashni xohladim. O‘sha paytda men mamlakatni tark etishni istamasdim», – deya Mbappening so‘zlarini The Touchline nashri keltiradi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yozda Kilian Mbappe bilan olib borilgan muzokaralar haqida Yurgen Kloppning o‘zi ham gapirgan edi.

Fikrlar