Mbappe oʻyindan keyin hammaga eʼtiroz bildirdi
Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe jahon chempionatining guruh bosqichining 2-turida Iroqqa qarshi (3:0) uchrashuv qayta boshlangan paytda nega norozi bo‘lganini tushuntirdi.
- Nega o‘yin qayta boshlanganida asabiylashdim? Biz hujum qilayotgan maydon qismi butunlay suvga to‘lib ketgan edi. Jamoamiz himoyalanadigan maydon tomonni tartibga keltirish uchun taxminan 20 daqiqa sarflandi, ammo hujum qilayotgan tarafimizda deyarli hech narsa qilinmadi.
Men faqat maydonning har ikki qismi ham bir xil darajada tayyorlanishini xohladim. Lekin bu ularning aybi emas, jiddiy hech narsa yuz bermadi, - dedi Kilian Mbappe.
Bu haqida L'Équipe nashri xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, Frantsiya — Iroq uchrashuvi noqulay ob-havo sababli to‘xtatilgan edi. O‘yin qayta boshlanganidan keyin fransuzlar 3:0 hisobida yirik g‘alabaga erishdi, Mbappe esa dubl qayd etdi.

Fikrlar