Mbappe o‘zini nemislar olib ketmoqchi bo‘lganini oshkor qildi

  • 9 sentabr, 06:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” safida porlayotgan Kilian Mbappening faoliyati umuman boshqacha bo‘lishi mumkin edi. hujumchi o‘zining ilk jamoasi – “Monako”da o‘ynab yurgan kezlari unga Bundesliga klublari xaridor bo‘lganini tan oldi.

Tecno

- Menga juda ko‘p klublardan murojaat bo‘lgan. “Monako”da o‘ynab yurganimda “Bavariya” aloqaga chiqqan. O‘sha paytda “Borussiya Dortmund” va “Leyptsig” ham qiziqish bildirgan edi. Yana bir necha klublar bo‘lgan, lekin hozir ularning nomi esimda yo‘q, - dedi Kilian Mbappe.

“Monako” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan hujumchi 2017 yili Frantsiyaning eng badavlat klubi “Pari Sen-Jermen”ga ko‘chib o‘tdi va bu jamoa sharafini 2024 yilning yozigacha himoya qildi.

Bir yil muqaddam parijliklar bilan shartnomasi tugaganidan keyin 26 yoshli Mbappe “Real”ga ko‘chib o‘tdi va debyut mavsumdayoq har qanday ligada o‘ynay olishini namoyish qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!