Mbappe o‘zining jarohati qanchalik jiddiyligiga to‘xtaldi
Kilian Mbappe jarohatdan keyingi holati haqida ma'lumot berdi. Fransiyalik hujumchi oldinroq tizzasidagi muammo sabab Parijda tekshiruvdan o'tgan edi.
"Tizzam bilan hammasi joyida, kun sayin yaxshilanmoqda. Hammasi yaxshi ketyapti. Bu haqida ko'p gap-so'zlar bo'ldi, hatto asossiz ma'lumotlar ham tarqaldi. Bu yuqori darajadagi sportchilar hayotining bir qismi.
Men 100 foiz tiklandim. Parijda aniq tashxis qo'yildi va “Real” safida hamda jahon chempionati oldidan eng yaxshi formamga qaytish uchun reja tuzdik", — dedi Mbappe.
Fikrlar