Mbappe PSJ bilan sovrin yutishiga ishonmayapti

  • 23 iyun, 2021, 12:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hujumchi Kilian Mbappe PSJdagi kelajagi to‘g‘risida yakuniy qarorni qabul qildi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, hujumchi Parij grandi bilan muvaffaqiyatga erishishiga ishonmayapti va shu sababli klubni tark etishga qaror qilgan. Mbappe bu haqda allaqachon rahbariyatga xabar bergan.

Eslatib o‘tamiz, Kilianning frantsuz grandi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar imzolangan. Tomonlar hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borishdi, ammo yakunda kelishuvna erisha olishmadi.

Kilian 2018 yildan beri PSJ sharafini himoya qilib kelmoqda. U o‘tgan mavsum Frantsiya chempionatida 31 ta uchrashuv o‘tkazdi. U ushbu o‘yinlarda o‘z hisobiga 27 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!