Mbappe: PSJ havaskor jamoaga o‘xshab o‘ynadi

  • 15.04.2019 17:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ klubi forvardi Kilian Mbappe kecha Frantsiya chempionatining 32-turida “Lill”dan (5:1) qabul qilib olingan sharmandali mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Hech kim bizga g‘alaba qozonishimiz shartligini aytmadi. Lekin shunday bo‘lsada bunday hisobda yutqazmasligimiz lozim edi. Bu kabi mag‘lubiyatlarni aslo kechirib bo‘lmaydi. PSJ bugun havaskor jamoaga o‘xshab o‘ynadi. Biz ushbu xatolarni to‘g‘rilashimiz lozim, chunki oldinda yana bir nechta o‘yinlar bor”, - deydi frantsiyalik futbolchi.

Ta’kidlash kerakki, parijliklar 2000 yildan buyon ilk bor chempionat uchrashuvlarida o‘z darvozasidan 5ta gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!