Mbappe: PSJda qolaman
PSJ forvardi Kilian Mbappe yozda "Real"ga o‘tmoqchi emasligini ma’lum qildi.
“Men PSJda qolaman. Shu erda o‘ynashda davom etaman. Zidan yana “Real”da ishlayotgani yaxshi. Ammo, men uning faoliyatini shunchaki muxlis sifatida kuzatib boraman”, - deydi Mbappe.
Ma’lumot uchun, Mbappe joriy mavsum parijliklar safida jami 40ta o‘yinda ishtirok etdi va 36ta gol hamda 17ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar