Mbappe PSJga talab qo‘ydi!

  • 10.03.2021 19:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe klub rahbariyati uning maoshini oshirishi kerakligini ta’kidlamoqda.

22 yoshli hujumchi jamoada eng ko‘p maosh olayotgan Neymar bir xil miqdorda pul berilishini istayapti. Uning talabiga ko‘ra,  klub unga yiliga kamida 35 million evro to‘lagi kerak.

Mbappening klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida yakunlanadi. Agar tomonlar yangi bitim imzolamasa, PSJ rahbariyati qimmatbaho futbolchini yozda sotib yuborishga majbur bo‘ladi.

Kilian joriy mavsumda Frantsiya chempionatida 23 ta uchrashuvda 18 ta gol urdi. Undan ko‘p maosh olayotgan Neymar esa 11 ta o‘yinda qatnashib, raqiblar darvozasini olti bor aniq nishonga olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!