Mbappe PSJni ogohlantirmasdan ta’tilga chiqib ketdi
Frantsiyalik hujumchi Kilian Mbappe PSJ bilan amaldagi shartnomasini uzaytirmoqchi emas.
22 yoshli futbolchi klub rahbariyatini ogohlantirmasdan 15 kunlik ta’tilga chiqib ketgan. Mbappening parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar imzolangan va u yana bir yildan so‘ng erkin agentga aylanadi.
Bundan avvalroq PSJ rahbariyati Mbappega yiliga 50 mln evro maosh taklif qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo Mbappe faoliyatini “Real”da davom ettirmoqchi.
Kilian Mbappe 2018 yildan buyon PSJ futbolchisi hisoblanadi.

Fikrlar