Mbappe PSJning asosiy yulduzini Parijdan haydashi mumkin edi

  • 22.10.2022 16:09
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ hujumchisi Neymar o‘tgan yozda "Chelsi"ga ijara asosida o‘tmoqchi edi, deb xabar berdi "Sky Sports".

Manbaga ko‘ra, 30 yoshli braziliyalik parijliklar hujum chizig‘idagi sherigi Kilian Mbappe bilan mojaro tufayli frantsuz klubini tark etmoqchi bo‘lgan. Biroq futbolchining London klubiga transferi amalga oshmay qoldi, chunki ular transfer uchun PSJning moliyaviy talablarini bajara olmadi. APLda faqatgina bitta jamoa - "Nyukasl" to‘lay olishini bildirdi. Ammo futbolchi ushbu klubga o‘tishni istamadi.

Neymarning parijliklar bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi. "Transfermarkt" portali Braziliya terma jamoasi futbolchisini 75 million evroga baholadi.

Hujumchi joriy mavsumda PSJ safida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 12 ta gol va 9 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!