Mbappe qattiq pushaymon

  • 12.10.2022 19:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘tgan yozda PSJ bilan yangi bitim imzolab, jamoada qolgan Kilian Mbappe bu tanlovi katta xato bo‘lganini yaqinlariga aytgan. Bu haqda France Blue nashri xabar bermoqda.

Mbappe parijliklar taklifini qabul qilish orqali o‘zining “Real”da o‘ynashdek azaliy orzusidan voz kechgan edi. Biroq, frantsiyalik hujumchining poytaxtdagi faoliyati o‘zi kutgandek ketmayapti.

- Biz hammamiz adashdik, ayniqsa men, - dedi Mbappe atrofidagi yaqinlariga.

Manbaning ta’kidlashicha, Mbappeni ko‘ndirish uchun unga boshqa loyihani ko‘rsatishgan va unda o‘zi asosiy figura bo‘lishini ta’kidlashgan. Amalda bunday bo‘lmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!