Mbappe: Qirol qaytdi!

  • 6 sentabr, 2023, 10:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

PSJning 24 yoshli frantsiyalik hujumchisi Kilian Mbappe Parij klubidagi sobiq jamoadoshi Serxio Ramosning "Sevilya"ga o‘tganiga munosabat bildirdi.

"Do‘stim omad tilayman. Qirol qaytdi”, — deb yozdi Mbappe ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, 37 yoshli Ramos 18 yildan so‘ng o‘z klubiga qaytib, bir yillik shartnoma imzoladi. Himoyachi 2005 yilda "Sevilya"dan "Real"ga o‘tgan edi.

Ramos shu yilning iyun oyida PSJni tark etganidan beri erkin agent maqomida yurgan edi. 2022/2023 yilgi mavsumda himoyachi parijliklar safida barcha musobaqalarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan.

Transfermarkt internet portaliga ko‘ra, futbolchining taxminiy narxi 4,5 million evroni tashkil etadi. Mavsum oralig‘ida Ramosga Saudiyaning “Al-Ittihod” va Turkiya klublari qiziqish bildirishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!