Mbappe qochib yuribdi
Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe 2026 yilning yozida AQSh, Kanada va Meksikada o‘tadigan jahon chempionatida o‘ynash istagi sababli tizzasini operatsiya qildirishdan bosh tortyapti.
Bu haqida AS nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, fransiyalik forvard 2025 yilning dekabridan buyon tizza bog‘lamlari bilan muammolarga duch kelmoqda. Mbappe Chempionlar ligasi pley-off bosqichining “Benfika”ga qarshi javob o‘yinini (2:1) o‘tkazib yubordi.
Shu bilan birga, hujumchi operatsiyadan qochmoqchi, chunki jarroh amaliyotidan keyin tiklanish jarayoni uzoq muddat davom etadi va bu holat uning jahon chempionatida ishtirokini shubha ostiga qo‘yishi mumkin. Futbolchi konservativ davolanish variantini tanlagan.
Mbappe 2024 yil yozidan beri “Real” safida o‘ynamoqda. Ilgari u “Pari Sen-Jermen” va “Monako” klublarida to‘p surgan. Joriy mavsumda hujumchi klub miqyosida 33 ta o‘yinda ishtirok etib, 38 ta gol urgan va oltita golli uzatma amalga oshirgan.
Fikrlar