Mbappe “Real” o‘yinlarini boykot qiladi! Uchrashuvlar ro‘yxati aniq bo‘ldi

  • 12.05.2026 09:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real”ning bugungi kundagi eng zo‘r o‘yinchisi Kilian Mbappe joriy mavsumda jamoasining qolgan uy uchrashuvlarida ishtirok etmasligi mumkin. Bu haqida The Athletic xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, futbolchi “Santyago Bernabeu”dagi uchrashuvlarda maydonga tushishni istamayapti. Bunga muxlislar tomonidan bir necha bor hushtakbozlik qilinganligi sabab bo‘lgan.

Mbappe La Liganing 35-turidan o‘rin olgan “Barselona”ga qarshi bahsni ham o‘tkazib yubordi. Avvalroq, uning 24 aprel kuni “Betis”ga qarshi o‘yinda olgan jarohati sabab maydonga tushmagani aytilgan edi.

Biroq boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, fransuz futbolchisi asosiy tarkibda tushmasligini bilgach, mashg‘ulotni tark etgan.

Hozircha klubda Mbappening maydonga qachon qaytishi haqida aniq ma’lumot yo‘q.

“Real Madrid” mavsum oxirigacha quyidagi o‘yinlarni o‘tkazadi:

  • “Oviedo”ga qarshi — 14 may (uyda);
  • “Sevilya”ga qarshi — 17 may (mehmonda);
  • “Atletik Bilbao”ga qarshi — 23 may (uyda).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!