Mbappe "Real"dan 15 mln evro maosh so‘ramoqda
Madridning "Real" klubi PSJ hujumchisi Kilian Mbappe bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda L'Equipe nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 20 yoshli frantsiyalik futbolchi “qirollik klubi”dan kamida 15 mln evro maosh talab qilmoqda. Biroq, ushbu talab madridliklarni qoniqtirmaydi. Chunki, ayni damda “Real”ning eng ko‘p maosh oladigan futbolchisi hisoblangan Garet Beyl ham atigi 14 million evro maosh oladi. Keyingi o‘rinlarda esa Serxio Ramos (11), Karim Benzema (10) va Luka Modrichlar (10) bor.
Ma’lumot uchun, Mbappe joriy mavsum PSJ safija jami 35ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 31ta gol hamda 15ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar