Mbappe "Real"ni tark etishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi
"Real" hujumchisi Kilian Mbappe Madrid klubini tark etishi mumkinligi haqidagi savolga qisqa javob berdi.
“Madridda o‘zimni yaxshi his qilyapman. Nega ketishim kerak?", — deb Mbappening so‘zlarini keltiradi Marsa.
Fransuz hujumchisi 2024 yilning yozida "Real"ga o‘tgan. Futbolchining klub bilan shartnomaviy kelishuvi 2029 yilgacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda Mbappe barcha musobaqalarda 42 ta o‘yinda ishtirok etib, 41 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ispaniya chempionati 36-turidan o‘rin olgan "Oviedo"ga qarshi o‘yinda (2:0) g‘alaba qo‘zongan Madrid klubi mavsum oxiriga ikki tur qolganida La Ligada ikkinchi o‘rinni kafolatladi. Kataloniyaning "Barselona" klubi muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar