Mbappe Ronaldu va Messining zo‘rligini tan oldi
PSJ klubi va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe o‘zining darajasi va maqsadlari haqida gapirib o‘tdi.
“Men hech qachon tarixdagi eng yaxshi futbolchi bo‘laman, deb aytmaganman, lekin shu bilan birga, o‘z oldimga hech qanday chegara ham qo‘ymaganman. Agar men ma’lum bir darajaga chiqsam ham, to‘xtashni xohlamayman va hech qanday to‘siqlarga e’tibor qaratmayman.
Har doim maydonga chiqqanimda o‘zimga o‘zim eng zo‘ri ekanligimni aytaman. Men Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi bilan birga o‘ynadim. Tan olaman, ular futbolchi sifatida mendan yaxshiroq. Ular mendan ko‘ra ko‘p ishlarni uddalashdi”, - dedi Mbappe.
Ta’kidlash kerakki, 22 yoshli Mbappe Ronaldu va Messidan farqli ravishda jahon chempionligini qo‘lga kiritgan. Ammo portugaliyalik va argentinalik yulduzlar Chempionlar ligasida bir necha bor g‘olib chiqqan. Frantsiyalik futbolchining hisobida hozircha ushbu sovrin yo‘q.

Fikrlar